Rossiya Davlat dumasining ma'lum qilishicha, sotuvchilar spirtli ichimliklarni sotishda xaridorning yoshini tasdiqlovchi hujjat so'rashlari mumkin edi. Endilikda bu norma energetik ichimliklar sotuvi bo'yicha ham amal qiladi.
Deputatlar yalpi majlisda bolalarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlovchi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Unga ko'ra, ushbu taqiq 2025-yil 1-martdan kuchga kirishi nazarda tutilgan.
“Yoshlar orasida har ikkinchi odam energetik ichimliklarni iste'mol qiladi. Bunday ichimliklarning zarari shifokorlar tomonidan isbotlangan. Ular gipertoniya, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va boshqa kasalliklar xavfini oshiradi", – deydi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin.