Bolani devor bosib qolgani yuzasidan aybdor topilmadi

23.07.2024 18:52
eye icon126
Bolani devor bosib qolgani yuzasidan aybdor topilmadi
Iyun oyi avvalida Bolalarolami.uz tahririyatiga Xorazm viloyati Xiva shahridagi Gulshan 2 mahallasida istiqomat qiluvchi ayol murojaat yo‘llagan edi.

Shundan so'ng murojaatda aytilgan voqea tafsilotlarini saytimiz orqali yoritgan edik. Unga Oliy Majlisning bola huquqlari bo'yicha vakili, Bolalar ombudsmani e'tibor qaratib, vaziyatni o‘rganayotgani haqida ma'lum qilgan.

Qo‘shnisi qurgan devorning qulashi oqibatida farzandi shikastlangan ayol yaqinda tahririyatga yana bir bor murojaat bilan chiqdi. Uning aytishicha, holat yuzasidan Xiva shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilgan. 

Biroq 28-iyun kuni Xiva shahar ichki ishlar bo'limi boshlig'i tomonidan yuqoridagi voqeada jinoiy yoki ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanmagani, shu sababli jinoyat ishi qo'zg'atish rad etilgani ma'lum qilingan.



"Bolalar ombudsmani ham hech narsa qilolmadi, menga faqat vaziyat nazorat ostida deyishdan nariga o‘tishmadi", – deydi IIB va Bolalar ombudsmanidan norozi bo'layotgan ayol.

"Ushbu holat yuzasidan fuqarolik sudiga murojaat qilishim mumkinligini aytishdi. Fuqarolik sudi esa boshqa tumanda joylashgan ekan. Meni u yerga borishga va boshqa xarajatlarga imkoniyatim yo'q. 
Eshitishimcha, bolamni bosib qolgan devorni qurgan kishining o'g'li IIB da ishlar ekan. Shu sababli bu ishni bosdi-bosdi qilgan bo'lishlari mumkin", – deb yozadi xorazmlik ayol o'z murojaatida.

Bir jihatdan IIB xodimining keltirgan sababi ham o'rinli. Chunki hech kim devorni bolaning ustiga itarib yubormagan, hech kim qasddan bolaning devor ostida qolishi uchun harakat qilmagan.

Lekin devorning qulab tushishiga sabab nima? O'zi bu devor qonuniy qurilganmi? Uni kim va nima maqsadda qurgan? Bola jarohat bilan cheklanibdi, agar buning oqibatida halok bo'lganida ham "biror bir shaxsning harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari aniqlanmadi" degan bayonot bilan ish yopilarmidi?

Savollar ko'p, javob beruvchilar esa vaziyat yuzasidan batafsil ma'lumot taqdim etishlari, qaror chindan ham qonuniy bo'lsa, bu yuzasidan barcha xulosalarni ochiqlashlari lozim. Aks holda, xalq orasida organ xodimlariga nisbatan ishonchsizlik ortib boraveradi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img