11 yoshli bolani devor bosib qoldi

08.06.2024 09:46
eye icon242
11 yoshli bolani devor bosib qoldi
“Qoʻshnimning qum ustiga betonsiz qurgan devori 11 yoshli oʻgʻlimning ustiga qulab tushdi. Bolamning oyogʻi sindi”, deydi Bolalarolami.uz tahririyatiga murojaat qilgan xorazmlik ayol.

Uning qayd etishicha, bu holat 2024-yilning 29-may kuni soat taxminan 17:00 atrofida Xorazm viloyati Xiva shahridagi Gulshan 2 mahallasida yuz bergan.

Qoʻshnisiga nisbatan tegishli tartibda chora koʻrilishini soʻragan murojaatchi L.I. kimlarningdir xatosi tufayli oʻgʻli ikki oy toʻshakda yotadigan boʻlganini taʼkidladi. Uning bildirishicha, 2013-yilda tugʻilgan oʻgʻli ushbu hodisadan soʻng 5 kun jonlantirish boʻlimida yotgan. 

“Bolamning yuz-koʻzi yorildi. 2 ta tos suyagi singan, hatto oʻtirish ham mumkin emas ekan. Qarz olib, imkon qadar davolatyapman. Ichki ishlar xodimlariga bu borada murojaat qilganimda ayb bolamda ekani, qoʻshnimning devori oldida oʻynamasligi kerakligi va tirik qolganiga shukr qilishim kerakligini aytishdi. Shuncha vaqtdan beri qoʻshnim ham biror marta farzandim xolidan xabar olmadi. Bolamning azoblanishiga sabab boʻlgan bu insonlarga nisbatan chora koʻrilishida yordam bering”, deyiladi murojaatchi ayol xabarida.

Sharoiti ogʻirligi sabab bolasini davolatishga qiynalayotgan ayol qoʻshnisidan farzandining davolanish xarajatlarini undirish va qonuniy chora koʻrilishini istayotganini bildirdi.

Ayolning qoʻshimcha qilishicha, qoʻshnisi devor qurgan hudud aslida noturar joy boʻlib, qoʻshnisi u yerni turar joyga aylantirish uchun hujjat toʻgʻirlagan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img