Rossiyada tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma ko‘rinishi va uni olish tartibini o‘zgartirish taklif qilindi. Davlat dumasi deputati Sulton Hamzayev hujjatga bolaning suratini qo‘shish va pasport olishdan oldin uni uch marta yangilashni taklif qildi.
Deputat tegishli taklif bilan Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaga murojaat qildi. Uning fikricha, joriy formatdagi tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning shaxsini aniqlashga imkon bermaydi va shuning uchun ahamiyatga ega emas.
“Suratning yo‘qligi bolani almashtirishga imkon beradi, guvohnoma esa amalda o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Poyezd, aeroportlardagi ro‘yxatga olish postlaridagi nazoratchilar hujjatning mansabdor shaxs oldida turgan bola bilan muvofiqligini tekshirishga ojizlik qiladi. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning kamida 3, 7, 10 yillikdagi o‘zgarishlar bo‘lgan fotosuratdan iborat bo‘lishi kerak, deb hisoblayman”, deyiladi taklifda.
Hamzayev bolaning suratini QR-kod ko‘rinishida joylashtirishni taklif qildi, u davlat xizmatlari sayti orqali ko‘rilishi mumkin. Bunday holda, pasport olish paytida o‘smirlarda shaxsiy kabinet va undan foydalanish tajribasi mavjud bo‘ladi.