Bolani kishanda saqlagan shaxs 4 yilga qamaldi

17.07.2024 12:32
eye icon129
Bolani kishanda saqlagan shaxs 4 yilga qamaldi
Joriy yilning mart oyida Samarqandda 13 yashar bola oyog‘idan kishanlangan holda Damas rusumli avtomashina ichidan topilgani, bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati maktab o‘qituvchisi tomonidan sodir etilgani xabar qilingandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Endilikda ish sudda ko‘rib chiqildi.

Sud hukmi bilan bolani zanjirband qilgan shaxs 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni manzil kaloniyada o‘tashi belgilandi.

Ma’lumot uchun: ushbu holat joriy yilning 16-mart kuni sodir bo'lgan. Shu kuni viloyat IIB «102» operatoriga Samarqand shahar Gagarin ko'chasida bir bola Damas mashinasida oyog'i zanjir bilan kishanlangani to'g'risida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, hududga IIB xodimlari borib, holatni rasmiylashtirishgan va tergov jarayonlari nazoratga olinib, prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo’zg’atilgani aytilgan edi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img