Damasga zanjirlab qo‘yilgan bola videosi tarqaldi

17.03.2024 13:39
eye icon1178
Damasga zanjirlab qo'yilgan bola videosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida fuqarolardan biri yosh bolani Damas ichida oyog'idan zanjirlab qo'ygani haqida video va xabarlar tarqaldi.

Hodisa yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa'dullaev munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, holat 16 mart kuni sodir bo'lgan.

Shu kuni viloyat IIB «102» operatoriga Samarqand shahar Gagarin ko'chasida bir bola Damas mashinasida oyog'i zanjir bilan kishanlangani to'g'risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, hududga IIB xodimlari borib, holatni rasmiylashtirishgan.

«Hozirda bolaga nisbatan ushbu harakatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bolani Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirib, psixolog yordamida zaruriy ko'maklar berish choralari ko'rilmoqda», deyiladi munosabatda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati Samarqandda bolaga nisbatan zo'rovonlik qilingani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo'rlik ishlatib g'ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgani haqida ma'lum qildi.

Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani, tergov jarayoni nazoratga olingani qayd etilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img