Bog‘cha tarbiyalanuvchisi yana jarohatlandi

20.06.2024 12:51
eye icon306
Bog‘cha tarbiyalanuvchisi yana jarohatlandi
Avvalroq, tahririyatimizga Toshkent shahri, Shayxontoxur tumanidagi 321-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilaridan birining ota-onasi murojaat yo'llab, unda farzandi o'z tengdoshi tomonidan tishlab olingani ta'kidlangan edi.

Shundan so'ng holatni huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazoratga olgan va holat yuzasidan tergov boshlangan edi. Biroq 5 yoshli qizaloqning otasi farzandining shikastlanishiga sababchi bo'lgan tarbiyachilarga tegishli jazo qo'llanilmagani, tergov jarayoni haqida ma'lumotga ega emasligi haqida muntazam shikoyat qilib keldi.

Kecha, 19-iyun kuni soat 11:00 chamasi murojaatchining qizi yana bir jarohat olgan. Farzandini bog'chadan olishga borgan otaga MTT xodimlari "guruhidagi bola qilganini" aytgan.

Aynan o'sha maktabgacha ta'lim tashkilotida va yana xuddi shu guruh tarbiyalanuvchilari o'rtasida bu holatning takrorlanishi haqiqatdan ham MTTda yetarlicha muammolar borligini ko'rsatmoqda.

Bolalarolami.uz tahririyati mazkur holat yuzasidan vakolatli organlar tegishli tartibda tekshiruv o'tkazib, qonuniy chora ko'radi degan umiddamiz.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img