Bog‘chadagi e‘tiborsizlik sabab tarbiyalanuvchi shikastlandi

07.05.2024 11:05
eye icon131
Bog‘chadagi e'tiborsizlik sabab tarbiyalanuvchi shikastlandi
Toshkent shahri, Shayxontoxur tumanidagi 321 sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilaridan birining otasi tahririyatimizga murojaat yoʻlladi.

Murojaatchining qayd etishicha, uning qizi 321-MTT da tarbiyalanmoqda. Ammo tashkilot tarbiyachilari bolalarga eʼtiborsiz munosabatda boʻlishi oqibatida 5 yoshli qizaloq tengdoshining tishlashi oqibatida shikastlangan. Murojaatga ilova qilingan videoda qizaloqqa shikast yetkazilayotgan vaqtda MTT ning ikki nafar xodimi oʻzaro gaplashayotgani va bolalarning xatti-harakatlariga eʼtiborsizlik qilgani ayon boʻladi.

“Qizimni guruhdosh bola tishlayapti. Tarbiyachilar esa bir-biriga gap sotish bilan ovora. Bolaga qaramayapti ham. Bu shunchaki baxtsiz hodisa deb vaziyatdan chiqishdi”, – deydi qizaloqning otasi.

Shuningdek, u mazkur holat birinchi marta emasligi, bunday vaziyat takrorlanavergach, Bosh prokuratura, Xalq qabulxonasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, vazirlikning tuman boʻlimlariga murojaat qilishga majbur boʻlganini qoʻshimcha qilgan. Biroq yuqoridagi tashkilotlardan hali biror javob yoki amaliy harakat amalga oshirilmagan.

Tarbiyachi yoki pedagoglar tanqid qilinsa, bir oʻzi oʻnlab bolaga teng kelolmaydi, degan sababni keltirishadi. Biroq yuqoridagi holatda 8 nafar bola bilan bir xonada oʻtirgan 2 tarbiyachi qilgan eʼtiborsizlik bolaning jabrlanishiga olib keldi.

Ushbu holat Bolalar ombudsmani, Shayxontoxur tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mutasaddilari tomonidan nazoratga olinib, tegishli tartibda chora koʻrilishi shart.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img