Kuni kecha xorazmlik 11 yoshli bolani devor bosib qolgani haqidagi
murojaatni e'lon qilgan edik. Oliy Majlisning bola huquqlari bo'yicha vakili, Bolalar ombudsmani ushbu vaziyatni o'rganayotgani haqida Bolalarolami.uz'ga
ma'lum qildi.
Bolalar ombudsmanining aniqlashicha, joriy yilning 29-may kuni Xiva shahar Gulshan-2 mahallasida yashovchi voyaga yetmagan Sh.K. (2013-yil, o‘g‘il bola) M.M. ga tegishli bo‘lgan, qurilishi tugallanmagan bino tagida o‘ynab yurgan vaqti ushbu binoning bir tomon devori bolani ustiga yiqilib ketgan.
"Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Hozirda Sh.K. tos suyagi sinishi tashxisi bilan tibbiyot birlashmasida davolanmoqda", deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.