G‘azodagi bolalar urushga qaramay ilm olishga imkon topmoqda

31.05.2024 11:24
eye icon59
G‘azodagi bolalar urushga qaramay ilm olishga imkon topmoqda

G’azoning Deyr-al-Balah tumanida Hanin Koraz ismli ayol u yerdagi bolalar uchun o’z his-tuyg’ularini va tasavvurlarini ifoda eta oladigan joy yaratdi. Bunda urush vaqtida falastinlik bolalar suhbatlashish, kulish, rasm chizish, va hikoyalar aytish uchun davralarda to’planib, dam olishadi.

 

Hanin Koraz loyiha haqida shunday deydi: "Ushbu tashabbus bizning bolalar uchun foydali ish qilish va qamal ostidagi hayot monotonligini buzish ishtiyoqimiz tufayli paydo bo'ldi".

 

Bundan ko’zlangan maqsad har bir bola qog'oz, qalam va bo'yoqlar yordamida o’z hissiyotlarini so’zlashidir. Jamoa bolalarni guruhlarga bo'ldi, bu yerda har bir guruhning o’z vazifasi majvud.

 

Misol uchun, birinchi guruh bolalari qog’ozlar yordamida personajlar yaratdi, boshqalari esa stop-motion texnikasidan foydalangan holda personajlar va sahnalarni harakatga keltirdi. Boshqa bolalar esa bu personajlarga ovoz berdilar. So’ngida, ular bolalar tomonidan yaratilgan animatsion filmning sahnalarini to’plashdi va uni tomosha qilishdi.

 

"Biz ularning hikoyalarini xuddi 40 yoshli kattalarning hayotiy tajribalarini tinglayotgandek tingladik, deyarli barcha hikoyalar urush, ko'chirilish, bombardimon qilish, chodirlardagi gigiyena muammolari, kasalliklar, ularning xotiralari va orzulari haqida bo’ldi", – dedi Hanin Koraz.

 

Bolalar uchta film ishlandi. Ularning birinchi ovozsiz animatsion filmi "Tawabeer" deb nomlanadi va u arab tilida navbatlar degan ma’noni bildiradi. Bu film bolalarning kundalik hayotidagi azob-uqubatlarining yaqqol namoyondasidir.

 

Bu mashg‘ulotlarda bolalarga mobil telefondan suratga olish, kadrlarni harakatga keltirish va stop-motion texnologiyasidan foydalangan holda animatsiya yaratishlarni o’rgatildi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bunday mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad bolalarga o‘z his-tuyg‘ulari va fikrlarini erkin bildirish, tashvishlarini yengillashtirishga yordam berishdir.

 

Kichik ishtirokchilardan biri Lana Daka shunday dedi: “Men animatsiya olami haqida ko‘proq ma’lumot olmoqchiman. Qahramonni harakatlantirganda yoki ovozini yozib olganimda o‘zimni baxtli va baquvvat his qildim”.

 

Yana bir bolaning aytishicha, u yetti oylik urushdan keyin birinchi marta qog‘oz va qalam tutgan.

 

Bolalar umidsiz sharoitda yashamoqda va urush avj olgani uchun chuqur tushkunlik ta'sirida. Ular portlashlar va ochlikdan aziyat chekmoqda. Ular o'zlarining do'stlari va oilalari halok bo'lganini, maktablar va uylar vayronalarga aylanganini ko'rdilar. Ular oziq-ovqat, dori-darmon va hayotiy yordamdan mahrum bo'lib, asl uylari va hayotlaridan ajralgan.

 

“Bolalar o'zlarining his-tuyg'ularini, kelajakka bo'lgan umidlarini va orzularini qog'ozda ifodalashlari ularga hayotlarini nazorat qilish tuyg'usini beradi va bu orqali davolanish bolalar uchun eng samarali usuldir. Shuningdek, guruhlar bilan ishlash ularning ijtimoiy munosabatlarini va jamiyat bilan hamnafas bo’lishlarini kuchaytiradi”, – deydi GCMHP ning ruhiy salomatlik bo'yicha mutaxassisi Ravya Hamam.

 

Deyr al Balah tumani "xavfsiz hudud" ekanligi aytilgani sababidan odamlar u yerga qochqinlar lageri qurib, joylashgan edi. Shunga qaramay, hudud bombardimon qilingan va o'qqa tutilgan. Munitsipalitet rahbari Diab al-Jarroning so‘zlariga ko‘ra, Deyr al-Balah mintaqasida ko‘chirilganlar soni yarim milliondan oshgan.

 

G‘azoda 14 mingdan ortiq bola halok bo‘ldi, 12 ming nafari yaralandi. Taxminan 1750 kishi bedarak yo'qolgan. UNICEF hisob-kitoblariga ko‘ra, 7 oktabrgacha G‘azoda 500 mingga yaqin bola ruhiy salomatlik va psixo-ijtimoiy yordamga muhtoj edi. Hozir bu raqam ikki baravarga oshib, bir millionga yetdi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img