Rossiyada aliment to‘lashdan qochib yurganlar reestri yuritiladi

14.05.2024 19:11
eye icon54
Rossiyada aliment to‘lashdan qochib yurganlar reestri yuritiladi
Rossiya Davlat dumasi muntazam ravishda aliment to'lamay kelayotganlarning reestrini yuritish haqida qaror qabul qildi.

"Otalar sobiq rafiqasi bilan qanday munosabatda bo'lishidan qat'i nazar farzandlaridan voz kechmasligi, ular uchun sharoit yaratib berishi kerak. Aliment to'lamaganlarning reestrini yuritish orqali farzandini ta'minlamayotganlardan qarzlarini tezroq undirish masalasi ijobiy tomonga o'zgaradi", – dedi Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin.

Qayd etilishicha, qarzdor reestrga kiritilgach, 1 kun ichida bu haqida xabardor qilinadi va qarzdorlikni to'liq qoplagan taqdirda, ushbu "qora ro'yxat"dan o'chiriladi.

Xabarda qarzdorning mazkur ro'yxatga kiritilishi unga qanday noqulayliklar tug'dirishi haqida ma'lumotlar berilmagan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img