So‘nggi qo‘ng‘iroq-2024 – nimaga ruxsat, nimaga taqiq bor?

14.05.2024 00:38
eye icon150
So‘nggi qo‘ng‘iroq-2024 – nimaga ruxsat, nimaga taqiq bor?
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yilini yakunlash va «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari:
  • joriy yilning 25 may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; 
  • maktab o‘quvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;
  • mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi; 
  • faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;
  • yil davomida namunali xulq va a'lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantiriladi;
  • maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga «Eng faol ota», «Jonkuyar ona», «Mas'uliyatli ota-ona», «A'lochi o‘quvchi otasi», «Bilimli qiz onasi» nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi. 
2023-2024-o‘quv yilini yakunlash va «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: 
  • turli restoran va kafelar, xonadonlarda «Bitiruv oqshomlari»ni o‘tkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishda, ta'lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;
  • bitiruv tadbirlarida o‘quvchilardan qimmatbaho sovg‘alar uchun pul yig‘ish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, engil avtomashinalarda sayr tashkil etish.
  • o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi.
«Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy o‘quv yilini yakunlash va «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini o‘tkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini so‘rab qoladi». deyiladi vazirlik xabarida.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img