O‘z qizining oyog‘ini sindirgan otaga nisbatan jinoyat ishi ochildi

13.05.2024 17:42
eye icon107
O‘z qizining oyog‘ini sindirgan otaga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Avvalroq, Qirgʻizistonning Chuy viloyati Issiq-Ota tumanida 28 yoshli erkak uch yashar qizalogʻini kaltaklab, itlar bilan bir qafasga qamab qoʻygani haqida xabar berilgandi. Hozirda oʻgay otaga nisbatan  jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hibsda saqlanmoqda. Bu haqda davlat Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Erkebek Ashirxoʻjayev maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, qizaloqning onasi ham javobgarlikka tortiladi. Biroq ayolning besh oylik homilasi bor, shu sababdan u vaqtinchalik tergov hibsxonasida emas.

“2-3 oy oldin oyogʻi singan qiz allaqachon shifoxonaga yotqizilgandi. Bizga  qizcha oʻzi yiqilib, oyogʻini sindirib olgani aytildi. Ammo keyinchalik uning oʻgay otasi qizaloqning oyogʻini sindirganini aniqladik. Tekshiruv natijalariga koʻra, qizning miyasi chayqalgan, chap tomonidan oʻn bitta qovurgʻasi, oʻng tomonidan uchta qovurgʻasi singan. Shuningdek, tanada koʻkarishlar va gematomalar mavjud”,  deydi IIV rahbari oʻrinbosari.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img