Prokuratura xodimlari o‘z hisobidan bolalarni qo‘llab-quvvatlamoqda

13.05.2024 15:40
eye icon48
Prokuratura xodimlari o‘z hisobidan bolalarni qo‘llab-quvvatlamoqda
Bugun AOKAda Bosh prokuratura ishtirokida brifing bo'lib o'tdi. Unda Bosh prokuratura va hududiy prokuratura tomonidan ta'lim tizimi tashkilotlarida tarbiyalanuvchi va o'quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida qilingan ishlar ham yodga olindi.

Xususan, prokuratura organlari xodimlarining ish haqi hisobidan Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, "Nurobod" MFYdagi 320 o'rinli 20-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiining issiqlik tizimini ta'mirlash uchun Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hisobiga 300 million so'm o'tkazib bergan.

Shu kabi ishlar doirasida Surxondaryo viloyati xodimlari tomonidan homiylik mablag'lari hisobidan Denov tumani 82-sonli maktabda 391 mln so'mlik qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilgan. 10 mln so'm evaziga "Yapon tili muzeyi" tashkil etilgan, 20 ta yoritish chiroqlari, 30 ta sinf xonalariga televizorlar o'rnatilib, 36 mln so'm mablag' hisobidan 3 ta sinf xonalari koreys, yapon va ingliz tillarini o'qitishga moslashtirib jihozlangan.

Shunigdek, Farg'ona viloyati Quva tumanida 1 mlrd so'm homiylik mablag'lari hisobidan Oqqo'r'gon MFY hududidagi 130 o'ringa mo'ljallangan MTT qurib bitkazilgan va 43-son maktab qayta ta'mirlangan.

Bundan tashqari, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan 236 nafar bolalarda aniqlangan turli muammolarni hal etish uchun “Mehr daftari”dan 2 mlrd. soʻm pul mablagʻlari ajratilishi taʼminlandi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img