Qirg‘izistonda bolalarni ommaviy tadbirlarga jalb etish taqiqlandi

07.05.2024 15:05
eye icon49
Qirg‘izistonda bolalarni ommaviy tadbirlarga jalb etish taqiqlandi
Qirg‘izistonda bolalarni ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun jalb qilish taqiqlandi. Tegishli topshiriq Vazirlar mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov tomonidan berilgan.

Qaror Jalolobod viloyati Suzoq tumanidagi tadbirda bolalarni yuk mashina urib ketgani fonida qabul qilindi. Hodisa 2-may kuni kuzatilgandi, oqibatda 32 nafar bola jarohatlangan. Ularning aksariyati kasalxonaga yotqizilgan.

10 nafar bola davolanish uchun maxsus samolyotda Bishkekka olib kelingan. Yuk mashina boshqaruvida haydovchi bo‘lmagan. Holat yuzasidan avtomobil haydovchisi uy qamog‘iga olingan. Yo‘l-transport hodisada oqibatida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img