Falastinlik bolalar Amerika talabalariga minnatdorlik bildirishdi

03.05.2024 16:51
eye icon1035
Falastinlik bolalar Amerika talabalariga minnatdorlik bildirishdi

Amerikadagi universitetlarda tahsil olayotgan talabalarning Falastin–Isroil urushida Isroilni qo‘llab-quvvatlab sarmoya kiritilayotganiga norozilik bildirib, namoyishlar uyushtirishgani ijtimoiy tarmoqlarda ommalashdi.

 

Talabalarning ushbu harakati falastinlik bolalarning e'tiboridan chetda qolmadi. Ular ham talabalarga ushbu harakatlari uchun minnatdorchilik bildirish maqsadida yig‘ilishdi. Bolalar qo‘llarida “Amerika universitetlaridagi jasur talabalarga rahmat”, “G‘azo bilan birga bo‘lganingiz uchun tashakkur” kabi yozuvlar bo‘lgan bannerlarni ko‘tarib, o‘z minnatdorliklarini izhor qilishdi.

 

“Anadolu” nashrining yozishicha, ismini oshkor qilishni istamagan bir ayol Yevropa va Arab davlatlaridagi talabalar ham amerikalik tengdoshlaridan o‘rnak olgan holda Falastinni qo‘llab-quvvatlashi lozimligini ta'kidlagan.

 

Ma'lumot uchun: 2023 yilning 7 oktyabr kuni Isroilning Falastinga hujumi bilan boshlangan mazkur urushda bugunga qadar 34,5 mingdan ziyod kishi halok bo‘ldi, ularning aksariyatini ayollar va bolalar tashkil etgani yanada achinarli. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, olti oydan ortiq vaqtdan beri davom etayotgan urush natijasida G‘azoning 85 foiz aholisi oziq-ovqat, toza ichimlik suvi, dori-darmon yetishmasligi bilan kurashmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img