"Temurbek"larga qanday imtiyoz beriladi?

29.04.2024 02:51
eye icon238
"Temurbek"larga qanday imtiyoz beriladi?
“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga qanday imtiyozlar bor? 

  Hozirgi kunda «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari respublikamizda umumiy 5 ta va ular quyidagilardan iborat:

Mudofaa vazirligi tarkibidagi Fargʻona «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi 
(Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Guliston koʻchasi, 7-uy);

Davlat xavfsizlik xizmati tarkibidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi 
(Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi 3-uy);

Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi 
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Chimboy koʻchasi, «Aydin jol» QFY);

Milliy gvardiya tarkibidagi Toshkent «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi 
(Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Zamon koʻchasi, 10a-uy);

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibidagi Shahrisabz «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi 
(Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Teparqiliq koʻchasi, 1-uy).

«Temurbeklar maktabi»ga joriy yilda umumtaʻlim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtgan, erkak jinsli Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi.

 «Temurbeklar maktabi»da oʻqish davomiyligi ikki yil boʻlib har biriga yillik qabul kvotasi 100 kishini tashkil etadi.

«Temurbeklar maktabi»ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida «Temurbeklar maktabi» boʻlgan vazirlik va idoralarning tegishliligi boʻyicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtish natijalari boʻyicha kirish huquqi beriladi.
 «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalariga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy taʻlim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.

Oʻquvchilarni saralash, qabul qilish va chetlatish tartibi «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik litseyi toʻgʻrisidagi nizomda (https://lex.uz/docs/-4417961) belgilangan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img