Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʻlumotlariga koʻra, 2023-2024 oʻquv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumtaʻlim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan. Qayd etilishicha, umumtaʻlim muassasalari soni soʻnggi 5 yilda 660 taga oshgan.
Yillar kesimida umumtaʻlim muassasalari soni:
- 2018-2019 oʻquv yili boshiga – 9774 ta;
- 2019-2020 oʻquv yili boshiga – 10 090 ta;
- 2020-2021 oʻquv yili boshiga – 10 181 ta;
- 2021-2022 oʻquv yili boshiga – 10 289 ta;
- 2022-2023 oʻquv yili boshiga – 10 522 ta;
- 2023-2024 oʻquv yili boshiga – 10 750 ta.
Umumtaʻlim muassasalari soni 1991-1992 oʻquv yili boshiga nisbatan 2193 taga oshgan.