Mustaqillik vazirlari: o‘qituvchilik qilmagan ustoz dardini qaydan bilsin...

26.04.2024 11:31
eye icon39
Mustaqillik vazirlari: oʻqituvchilik qilmagan ustoz dardini qaydan bilsin...

1991 yildan beri necha kishi xalq taʻlimi vaziri lavozimida ishlaganini oʻrganib chiqdim. Hozirgi vazirimiz bilan qoʻshganda ularning soni 10 nafar ekan. Lekin rahmatli Joʻra Yoʻldoshevdan tashqari birortasi umumiy oʻrta taʻlim maktabida ishlab koʻrmagan. Binobarin, ular shahar yoki asosan qishloqlardagi oddiy maktablardagi real ahvoldan xabari yoʻq kishilar. Bugungi maktablarimizdagi asosiy qusurlarning ildizini mana shu omildan izlamogʻimiz kerak.

Maktab oʻqituvchisining maoshi hali-hamon mamlakat boʻyicha oʻrtacha ish haqidan ham kamligicha qolmoqda. Hozir soliqlar ham qoʻshilgan holda maktabdagi oliy toifali oʻqituvchining oylik maoshi 4 million 64 ming 867 soʻm, birinchi toifali oʻqituvchiniki 3 million 301 ming 57 soʻm, bakalavr oʻqituvchiniki esa 2 million 948 ming 543 soʻm.

Keyingi yillarda hukumatning maxsus qarori bilan oliy taʻlim muassasalari va sogʻliqni saqlash xodimlarining ish haqi miqdori oshirildi, lekin maktab oʻqituvchisining ish haqi oʻzgarmadi. Toʻgʻri, muallimlarning maoshi vaqti-vaqti bilan muayyan foizlarda oshirilyapti, lekin bu oʻsish ham byudjetdan ish haqi oluvchilarniki qatorida boʻlyapti.

Endi Finlyandiya tajribasini oʻrganishga va amalda qoʻllashga harakat qilyapmiz. Lekin bu qanchalik samara beradi? Gap shundaki, fin oʻqituvchisining ish haqi miqdori mamlakatda 5-oʻrinda turadi. U oʻqituvchining ehtiyojlarini toʻla taʻminlaydi. Bizda-chi?

Usmon JOʻRAEV,
Boʻka tumanidagi 8-maktab oʻqituvchisi,
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq
taʻlimi xodimi
.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img