Jurnalda tepada turganlar yaxshiroq o‘qiydimi?

24.04.2024 01:05
eye icon24
Jurnalda tepada turganlar yaxshiroq oʻqiydimi?
Alifboni bilish akademik muvaffaqiyat uchun juda muhim. Bundan tashqari alifbodagi dastlabki harflar bilan boshlanadigan familiyaga ega boʻlish ham bahoga ijobiy taʻsir qilishi mumkin.

Michigan universiteti tadqiqotchilari tomonidan 30 milliondan ortiq baho yozuvlari tahlili shuni koʻrsatdiki, alifbo boʻyicha pastki qatorlarda joylashgan harflar bilan boshlanuvchi familiyaga ega boʻlgan talabalar boshqalardan koʻra pastroq baho oladi. Bu alifbo tizimida roʻyxat tuzilishi va aynan shu roʻyxat orqali bolalarni baholanish mexanizmining xato ekanligini koʻrsatadi.

Bundan tashqari, pastki qatordagi harflar bilan boshlanuvchi familiya egalari oʻqituvchilar tomonidan salbiy va qoʻpolroq muomalaga duch kelgani aniqlangan.

«Biz koʻp vaqtni baholashni qanday qilib adolatli va aniq qilish haqida oʻyladik, lekin bu juda hayratlanarli. Biz maʻlumotlarni koʻrib chiqmagunimizcha va ketma-ket baholashda farqlar boʻlishini bilmaguncha bu narsa xayolga kelmagan», — deydi M. Ross biznes maktabining texnologiya va operatsiyalar boʻyicha dotsenti Jun Li.

Tadqiqotchilar Kanvas*dagi 2014 yil kuz semestridan 2022 yil yoziga qadar boʻlgan 140 mingga yaqin talabaning 31 millionga yaqin topshiriqlarning mavjud tarixiy maʻlumotlarini toʻpladi.

Ularning tadqiqotlariga koʻra, oʻqituvchilar koʻplab topshiriqlarni tekshirishi sababli baholash sifatining pasayishini aniqladilar. Vangning soʻzlariga koʻra, familiyasi A, B, C, D yoki E bilan boshlangan talabalar boshqalardan koʻra 100 ballik tizimda 0,3 ballga yuqori baho olishgan. Xuddi shunday, alifbodagi soʻnggi qatordagi harflar bilan boshlanadigan familiyaga ega boʻlgan talabalar 0,3 ball pastroq baho olishgan. Umumiy, alifboning boshi va oxiridagi talabalarning bahosidagi farq — 0.6 ballga teng.

Olimlar bunday bahodagi farq oʻquvchining kelajakdagi istiqboliga ham taʻsir qilishi mumkinligi haqida xulosalar bergan.

Tadqiqotchilarning taʻkidlashicha, topshiriqlarni tasodifiy tartibda baholash imkoniyati mavjud va baʻzi oʻqituvchilar buni amalga oshiradi. Bu muammoning echimi sifatida ham barcha muassalarda har safar tasodifiy roʻyxat shaklantirilib baholash tavsiya etilgan.

*Kanvas (Canvas) — oʻqituvchi va oʻquvchilarga onlayn dars jarayonlarini tashkil qilib beruvchi platforma.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img