O‘quvchilarni stul ko‘tarish orqali «tarbiyalagan» pedagogga nisbatan tergov boshlandi

23.04.2024 01:05
eye icon77
Oʻquvchilarni stul koʻtarish orqali «tarbiyalagan» pedagogga nisbatan tergov boshlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi maktabda tahsil olayotgan 1-sinf oʻquvchilari stul koʻtarib turganliklari aks etgan video tarqaldi. 

Aniqlanishicha, shu yilning 22 aprel kuni Zarbdor tumanidagi 5-sonli umumtaʻlim maktabda 1-«A» sinfga oʻtilayotgan ingliz tili darsida oʻqituvchi R.T. (1999 yilda tugʻilgan) oʻquvchilardan uyga berilgan vazifalarni soʻragan. 6 nafar oʻgʻil va 7 nafar qiz bolalarini darsga tayyorgarlik koʻrmasdan kelganliklari tufayli goʻyoki tarbiyaviy chora deb sinf xonasidagi oʻzlari oʻtirgan stullarni koʻtarishga majbur qilgan. Ushbu holatni oʻzining telefon apparatida video tasvirga olib, telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali shu maktabning ota-onalar guruhiga yuborgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img