Angrenda "Telefonsiz maktab" tizimini joriy etish boshlandi

06.03.2024 16:45
eye icon1051
Angrenda "Telefonsiz maktab" tizimini joriy etish boshlandi

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzaev viloyatda "Telefonsiz maktab" tashabbusini ilgari surib, o'qituvchilari va o'quvchilari telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so'm pul mukofoti berishini ma'lum qilgani haqida xabar bergan edik.

Vazirlar Mahkamasining 2012 yildagi "O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida ham bu borada qat'iy belgilab qo'yilganini Toshkent viloyati hokimligi ham ma'lum qildi.

Maktablarda telefonlardan foydalanishni taqiqlash tashabbusi Angren shahridagi ikkita – 13 va 17-sonli umumta'lim maktablarida amalga oshirilgan.

Hokimlik dars vaqtida o'quvchilarning telefonlari saqlanadigan shkaflarni ko'rsatdi. Har bir shkaf alifbo tartibida raqamlangan.

Mazkur maktablar ma'muriyati hozirda o'quvchilarning chalg'imasligi, ularning e'tibori o'qituvchilar ular bilan baham ko'radigan bilimlarni egallashga qaratilayotganini ta'kidladi.

Shuningdek, maktab ma'muriyatida ota-onalar qo'mitasi vakillari ishtirokida yig'ilish o'tkazilgani ta'kidlandi. Yig'ilishda ta'lim muassasasida telefonlardan umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img