27 fevral' kuni Chirchiq shahrida bo'lib o'tgan viloyat Ta'lim kengashining navbatdagi yig'ilishida Zoir Mirzaev viloyatda «Telefonsiz maktab» tashabbusini ilgari surgan.
Viloyat hokimi telefon ishlatishdan voz kechgan maktabni rag'batlantirish uchun 300 mln berishini aytgan.
Shuningdek, yig'ilishda maktabdagi ta'limga qarash «endi boshqacha bo'lishi», ovqatlantirish, o'qituvchilar saviyasi va maktabdagi sharoitlar haqida ham so'z borgan.