Dorixonaga chiqqan ona...

21.12.2023 19:29
eye icon1428
Dorixonaga chiqqan ona...

(ibrat uchun yozilgan xikoya)

Bugun men uchun dam olish kuni edi. Hech turgim kelmasdi. Tashkari jazirama issiq, nafas olishga odam kiynaladi. Uyg'ondimda, o'rnimdan turmasdan pultni olib televizorni yoqdim. Joyimda yotgan holda televizor ko'rishda davom etardim. Tashqariga fakat kech tushganda chiqsa biroz yaxshi edi xolos. Salqin tushib qolardi. Kunduzi esa faqat dush kabul kilib yotish mazza edi. 
 – O'g'lim, men dorixonagacha borib kelaychi, oxirgi tabletkam kolibdi! – dedi onam yonimga kelib.
Men esa turishga erinib, tashkariga issikka chiqishni xohlamasdan:
 – Mayli onajon, borib keling, o'zim borardimu sal mazam yo'q! – deya bahona qildim.
Onam yaqinda sakson ikki yoshini nishonlagandi. Lekin onam hali baquvvat edi. O'zi men ishda paytim ham magazinga chiqib, non, sut olib kelardi. Hatto qaytguncha soyadagi skameykada qo'shnilar bilan bir og'iz gaplashib ham olardi. Ularda xam xar kuni xar xil yangiliklar bor edida. Bu yangiliklarni kaerdan olishardi, hayronman.
Eshikni yopgancha onam chiqib ketdi. Men esa onamni ketishini nazorat kilish uchun balkonga chiqdim. Hammasi yaxshi, onam uydan chiqib dorixona tomon sekin asta jo'nadi. Men esa sigaretamni chekdimda, issiqdan qochib uyga, salqinga kirdim. Yana divanga yotib olib, televizor ko'rishda davom etdim. 
Oradan taxminan bir soatlar vaqt o'tdi. Onamdan esa hali darak yo'q edi. Dorixona ham unchalik uzoqmasdi. Borish-kelishi uchun orada o'tgan vaqt etarli edi. Balki soyada qo'shni kampirlar bilan suhbatlashib qoldimi? O'rnimdan turdimda, xavotir olganimdan yana sigaretni yoqib balkonga chiqdim. 
Yo'q, xammasi yaxshi. Xavotirga o'rin yo'q. Ana, onam kelyapti ekan. Onam kelgunlaricha biror narsa pishirib qo'ysammikan? Onam yana urinib yotmasin deb eshikni zamogidan ochib keldim. Va yana balkonga chikdim. Jazirama issik sekin asta pasaya boshlagandi. Onamning: 
– O'g'lim men keldim, – degan ovozi eshitildi.
 – Yaxshi, onajon, keldingizmi... Balki biror narsa pishirib berarman sizga? – dedim.
 – Mayli o'g'lim, pishirsang pishiraqol, – dedi onam.
Qo'limdagi sigaretni o'chirdimda, balkondan xonaga kirmokchi edim, telefonim ko'ng'irogi chalindi. Cho'ntagimdan oldimda:
 – Allo, eshitaman...
 – Xayrli kun. Kapitan Mirzaev sizni bezovta kilyapti. Oysara Karimova sizga kim buladi? – deya savol berishdi.
 – Onam bo'ladi. Nima gap, tinchlikmi? – dedim.
 – O'n ikkinchi dorixona oldiga tez etib keling! Dorixona kaerdaligini bilasizmi? – dedi.
 – Albatta bilaman, u erda nima bo'ldi agar sir bo'lmasa? – dedim.
 – Sizni onangiz shu erda... Hozirni o'zida etib keling, – dedi.
 – Kechirasiz u meni onam emas, meni onam uydalar. Sal u yoq, bu yoqqa qarab qo'ng'iroq qilish kerak! – dedim jahllanib.
Telefonimning qizil tugmasini bosib qo'ydim. Xamma joyni yolg'onchilar bosib ketganmi, tovba... Bir payt telefonim yana jiringladi. Ko'tarmadim, bir o'chib yana chalaverdi. Ko'tardim.
 – Telefonni o'chirmang. Dorixonaga tez etib keling, onangiz shu erda. U afsuski vafot etdi, – dedi.
 – Men sizga aytdim-ku, “meni onam uyda” deb. Nega tushinmaysiz. Siz adashdingiz! – dedim .
 – Men qo'limda onangizning pasportini ushlab o'tiribman, shu pasportni ichida sizning telefon raqamingiz bor ekan, – dedi.
 – Balki yo'qotib qo'ygandir, bir daqiqadan kuyin qo'ng'iroq qiling men hozir onamdan so'rab ko'raman, – deya o'chirdim.
Balkondan xona ichkarisiga kirdim. 
 – Onajon, – zalga kiraverishda onamni chaqirdim. 
Qiziq, zalda yo'q.
 – Onajon, tasavvur qilayapsizmi? – yotoqxonaga kirdim. U erda ham yo'q. 
 – Onajon, qaerdasiz? – deya baqirdim. 
Uyni barcha xonalarini izlab chiqdim, onam yo'q edi. Hattoki pastga tushib, pod'ezd eshiklarigacha qarab chiqdim, tinch edi hammayoq. Ajablanarli hol edi. 
 – Onajon, – yana qattiqroq baqirdim.
Bir payt telefonim yana jiringladi. 
 – Allo, – sekin javob berdim.
 –  Uydan chiqdingizmi? Tez etib keling, sizni kutyapmiz, – dedi. 
 – Boryapman, – dedimu, uydan chikdim...
  
Onangizni borida kadriga eting. Zero keyin kech bo'lishi mumkin. Alloh barcha onalarni o'z panohida asrasin.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img