Ayol yo'lda ketayotib, erga nimalarnidir chizayotgan bir bolaga ko'zi tushib:
— Hoy bola, nima qilyapsan? — dedi
— Jannatni bo'laklab sotyapman.
Bolaning bu javobi ayolni xursand qildi.
— Menga ham sotasanmi?
— Ha, sotaman.
— Necha pul turadi?
— 20 lira.
Ayol bolaga pulni berib, o'sha kuni uxlab tush ko'ribdi, tushida ayol jannatda yurganmish. Ertasi kun ko'rgan tushini eriga aytib beribdi, eri shoshilgancha o'sha bolaning oldiga borib, xuddi ayoli kabi savol so'rabdi.
— Hoy bola, nima qilyapsan?
— Jannatni bo'lib sotyapman.
— Menga ham sotasanmi?
— Ha, sotaman.
— Necha pul turadi?
— 1 000 000 lira.
— Nimalar deyapsan, kechagina ayolimga 20 liraga sotding-ku?
— Amaki, ayolingiz jannatni olish uchun emas, ko'nglimni olish uchun 20 lira berdilar, siz esa jannatni olish uchun beryapsiz.
Jannatga erishish shunchalik oson, shunchalik qiyin, jannat na arzon, na qimmat... Jannatni olmoq uchun ezilgan, qiynalgan, zulm ostidagi insonlarning ko'nglini olmoqlik kerak.