Kechikkan nonushta yoxud onasidan ayrilgan 7 yoshli qizaloq...

07.12.2023 07:55
eye icon1515
Kechikkan nonushta yoxud onasidan ayrilgan 7 yoshli qizaloq...

​​Bir qizaloqning otasi u dunyoga kelmasdan oldin dunyoni tark etadi. Qizning tili "aya" deb chiqadi. Ko'chadagi bolalar sumkani to'ldirib kelayotgan otasining yoniga chopib borib, "dada" deb erkalanganda uning xam "dada" degisi kelar, lekin kimning yoniga chopishini bilmasdi.

Mushfiq ona ota yo'qligini bildirmaslikka urinib, qiziga xam onalik, xam otalik qildi. O'gay ota baribir o'gayligiga boradi, deb qizini o'ylab, turmushga chiqmadi. Ona-bola doim birga. Ona qizidan oldin uyqudan uyg'onib nonushta tayyorlar: ikkita piyola, ikkita likob, ikkita qoshiq dasturxon ustiga qo'yar va nonushta tayyor bo'lganda qizni oxista uyg'otar, qiz esa erkalanib, onasining bo'yniga osilardi.

– Asalim, nonushta tayyor, dasturxonga marxamat.

– Xo'p bo'ladi, oyijon.

Qizaloq yuz-qo'lini yuvib kelib onasining qarshisiga emas, yoniga o'tiradi. U esini tanigandan beri shu xolat xar kuni takrorlanadi.

Bir kuni nima bo'ldi-yu qiz onasidan oldinroq uyg'onadi. Qarasa, onasi xamon uyquda. Etti yashar qizcha onani suyuntirishni istab, o'zi nonushta tayyorlashga tushdi. Odatdagidek dasturxonga ikkita piyola, ikkita likob, ikki-ta qoshiq qo'yib, onasini uyg'otgani yotoqxonaga kirdi. Qush uyasida ko'rganini qiladi deganlaridek, onasini oxista uyg'ota boshladi.

– Nonushta tayyor, dasturxonga marxamat.

Onasi uyg'onmadi.

– Oyi, nonushta tayyor, dasturxonga marxamat. Ona xamon uyquda. Qiz esa xafsala bilan erinmay:

– Asalim, nonushta tayyor.. - deb takrorlardi. Ona qimirlamay osuda uxlar, bola esa yig'lamsirab:

– Oyijon, turing, men o'zim choy damlab qo'ydim. Oyijon, iltimos, uyg'oning, – deb yalinishga o'tdi.

So'ngra zorlanib yig'lashga tushdi. Seldek ko'z yoshlar ona yuzini yuva boshladi.

– Oyijon, ko'zingizni oching. Yalinaman, menga bir qarang. Agar sizni xafa qilgan bo'lsam, kechiring. Endi erkalanmayman, yomonlik qilmayman, xamma aytganingizni so'zsiz bajaraman.

Qiz jajji qo'li bilan onasining nurli yuzini siypalab, uning teppasida uzoq o'tirdi. Ona esa ko'zini yumgancha jim yotardi. Qiz yon qo'shnisini chaqirib chiqdi. Katta yoshli juvon yosh qo'shnisining joni uzilganini payqab, qizni bag'riga bosdi. U qizga nima deyishni, qanday tushintirishni bilmasdan unsiz yig'lay boshladi. "Onang o'ldi, endi uyg'onmaydi, mexri- boning mangu uyquga ketibdi", degani tili bormadi.

Ertasiga maxalla erkaklari ayolni tobutga solib xovlidan olib chiqib ketishdi. Begona erkaklarning onasi yotgan uyga kirayotganini ko'rgan qiz avvaliga xayron bo'ldi. "U uyda onam bor, kirmanglar!" – deb ularning yo'lini to'sdi. Kimdir "sabr qil, qizim", desa, kimdir "bechora etimcha", dedi.

Shundan beri qizni xech kim nonushtaga uyg'otmay qo'ygan. Shundan beri qiz "oyijon" deyishni qumsagani qumsagan...

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img