Eng katta jinoyat — bolalardan orzularini tortib olishdir.
Eng katta xato esa ko'ngilni sindirishdir. Bolalaringizni asrang.
Futbol-putbol
«— Hozir hamma artistlarning bolasi futbolga boradi. O'rtoqlarim ham bolalarini futbolga berishgan. Jaloliddinning o'zi ham anuv Messi-Pessimi, o'shanga havas qilib, futbolkasini kiyib yuradi-ku, — dedi dadam onam archib to'g'rayotgan olma bo'lagini og'ziga solarkan.— Shu, menam futbolga borsin deyapman. Boksga beraylik desam, kaltak eb yuradimi? — onam ham otam tomon bo'lib javob berdi.
Hal qiluvchi suhbat boshlanganda men endigina oshxonaga kirgandim. Ukam esa o'z xonasida — surat chizish bilan ovora.
— Rasm-pasmini yig'ishtirsin, bir yillardan so'ng eng zo'r bolalar futbol klubiga joylashtirib qo'yaman. — Dadamning bir odati bor, ayrim so'zlarni juftlab aytadi — ovqat-povqat, o'qish-po'qish.
— U rasm chizishga qiziqadi. Suratlarini bir ko'rsanglar edi, — dedim o'n oltiga to'lganman, o'z fikrimni bildirishga haqliman degan o'yda. Qolaversa, opa bo'lib ukamning qiziqishlarini men himoya qilmasam, kim himoya qilsin?
— Ey, bir balo rasmlar. Keyin rassom bo'lib nima qiladi? — dedi onam.
— Labbay, ustoz, — dedi u bir qo'li bilan parta ustida turgan ruchkasini o'ynab.
— Qani, doskaga chiq. Hozir tushuntirgan misolimni ishla, — shunday deya yoshi qirqlardan oshgan opa nam mato bilan doskani artib tashladi.
— Telefon titkilamasdan, doskaga qarab o'tirish kerak. — O'qituvchi shunday deya Mahmudga joyini ko'rsatdi. Menga qarab esa gapida davom etdi. — «2» qo'yib qo'ying. Bu bolada na bilim bor, na tarbiya. Onasi tashlab ketgan uni.
Ayni shu paytda ukam ham oshxonadan bo'y berdi.
— Futbolchi bo'lib nima qilaman? Jahon chempionatiga chiqa olmasligimizga hissa qo'shamanmi? Men jamoamiz chempionatga chiqishini istayman, — deyadarrov javob berdi endi sakkizga to'ladigan ukam o'ziga yarasha ishonch bilan. — Futbol-putbolga bormayman, — deya hoynahoy bizga ko'rsatishga olib tushgan, yangi chizgan suratini bag'riga bosgancha xonasiga kirib ketdi.
Ertasi kuni maktabda ukamning tumanimizda «Eng yaxshi rassom bola» deb topilganini eshitib quvonib ketdim. Ana endi, futbol-putbolga bormaydi! Ota-onamni ko'ndiramiz!»
Amaliyot o'qituvchisi
«Amaliyot o'tash uchun litseyga kelganimizda, har birimizni alohida guruhlarga biriktirib qo'yishdi. Mening chekimga aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan guruh tushdi, darsxonaga kirsam — ikkitagina qiz o'tiribdi, o'g'il bolalar esa to'p-to'p bo'lib olishgan. Yuragim orqaga tortib ketdi. Bu to'polonchi o'g'il bolalar bilan amaliyot o'qituvchimizdan tuzuk baho ololmasam kerak?
Bekor cho'chigan ekanman, tez orada bolalar bilan do'stlashib ketdik. Ular meni ustoz deb emas, opa deb chaqirishlari ham elkamdagi mas'uliyatni engillatib turar, ammo mehrim tovlanib, kasbim sirlarini o'rganar edim. Bir kun sinf rahbarining darsini kuzatishga kirdim. O'qituvchi qo'yarda-qo'ymay meni o'zining joyiga o'tirg'izdi.
— Baribir men o'tirmayman, siz o'quvchilarni baholab turasiz, — dedi u qo'limga guruh jurnalini tutqazgancha.
Keyin dars boshlandi. O'qituvchi matematika ilmini suv qilib ichgan, misollarni zumda formulaga solib, tez-tez doskaga yozgancha tushuntirib tashlar — bir so'z bilan aytganda, yillar davomida ishlab, qo'liyu ko'zi pishib ketgan edi. Qachon men ham shunday chaqqon harakatlar bilan misollarni echib, bolalarning diqqatini doskadan uzmay ushlab turarkanman-a?
— Mahmud! — o'qituvchi qo'lidagi bo'rni doskaga taq etib urib, orqa partada o'tirgan sap-sariq yigitga qaradi.
Mahmud istamaygina o'rnidan turdi. Hamma o'quvchilar u tomon o'girilishdi.
Mahmud esa doskaga chiqib angrayib turaverdi. Boshqa fanlardan ham o'zlashtirishi uncha yaxshi bo'lmagan bu bola doim meni o'ylantiradi — nega buncha g'amnok u?
Ruchka tutgan qo'llarim qaltirab ketdi. Boshimni egib oldim. Mahmud tomonga qaray olmasam-da, uning sap-sariq yuzi qizarib ketganini sezayotgandim.
Mahmud ertasi kuni darsga kelmadi. Dadasi litsey direktoriga uchrashib, uni boshqa litseyga ko'chirmoqchiligini aytibdi. Men, negadir, xotirjam tortdim. O'qituvchidan esa faqat bitta narsani — bolalarni tengdoshlari oldida izza qilmaslikni o'rgandim».
Shoira ShAGIAMEDOVA