Jigarbandim Abduvalijon xotirasiga
Kuz
Kuz sokin va mayus,
Titrab to'kar daraxtlar bargin
Xovlidao chug'urlab o'ynar bolalar.
Lek bir bola oynadan qarab turar jim,
Uning qaro ko'zi kuz kabi mayus,
Mayus nigohida bormidi ma'no.
Uning ham so'zlashga bormidi xaqqi,
Yo'q uning shuningdek turganligi i baxt.
Baxt bu baxt kim uchun zabonsiz, so'zsiz,
Bechora mana shu bola uchunmi
Tunlarni tonglarga bedor ulagan
Mushtipar ota yu ona uchunmi?
Baxt uning xokisor onasi uchun
Ikki ko'zin yonib tuganligi baxt
Ongsiz bo'lsa hamki tanachasida,
Yurakchasin urib turganligi Baxt!
Bahor
Kezib anhor bo'yida
Ko'zim tushdi oqlikka
Go'yo o'qqa o'ralgan
Nafis beg'uborlikka
Novdalarda oppoq gul,
Boqib ko'zim to'ymaydi.
Yurtimda yana bahor,
Bahor sira o'lmaydi.
Qir adirlardan oshib,
Yurtimga bo'y taratar.
Bahor asli go'zallik,
Xalqimga rizq ulashar.
Bobodexqon oxista ,
Dalalaga yo'l oladi.
Bahor uning poyiga,
Guldan gilam soladi.
Oh! Bunchalar latofat,
Ayting do'stlar qayda bor.
Suluv kelinchak misol,
Yurtimda kezar Bahor!
Malohatxon Xojiakbarova,
Andijon viloyati Bo'ston tumani 21-maktab tarix fani o'qituvchisi.