Bolalar uchun she‘rlar!

18.06.2023 17:27
eye icon1309
Bolalar uchun she'rlar!

HISSANGIZ

- Oyi, oyi bugun-chi,
Topib oldim qarang pul.
- Topib olgan bo'lsang gar,
Qani menga qarab kul.
- Oyi, uni topishda
Bordir sizning hissangiz.
Topib olgan joyim-chi,
Bo'lar sizning kissangiz

QISQA JAVOB
- Isming nima?
- Sherali.
- Tiling buncha 
Shirali?
- Ko'p bo'lmadi,
Bo'ldi sal.
Egan edim
Men asal.
Shundandir
Tilim shirin. 
Aytib qo'ydim- a,
Sirim.

NEGA UZUN?
Alisherjon o'rtog'i
Otabekdan so'radi:
- Do'stim, quyon qulog'i
Nega uzun bo'ladi?
- Bilmaysanmi, shuni ham,
Buni ko'plar topishgan.
Kovlayvergach erlarni
Qulog'idan tortishgan.

Ro'zimurod BOLQIEV,
Jizzax viloyati Mirzacho'l tumanidagi 10-umumta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img