Til

06.06.2023 01:52
eye icon1214
Til

Til

 

Tanishaylik, ismim - til!

Men hammaga kerakman.

Ogohlantirib qo'yay

Avvaldan besuyakman!

 

Meni yo'lga solib ol,

Ishlat bo'lib ehtiyot.

Hech qo'ymagin erkimga,

Shunda go'zaldir hayot!

 

Yaxshiliklar boshiman,

Yomonliklar o'chog'i.

Shirin so'zlar qudug'in

Menda turar qopqog'i.

 

Doim shirin so'z bo'lgin,

Ishlat meni, foydalan!

Yoqimli so'zlaringdan

Mehrga to'lsin olam!

 

Qaysar bulut

 

Ertalabdan mashmasha:

Osmon o'ydi qovog'in.

Tabiat qosh chimirib,

Tund qildi dimog'ini.

 

Bir bulutcha kechasi

Xarxasha qilgan balki.

Endi ota-onasi,

Beryapti unga dakki.

 

Chaqmoq chaqdi, guldurak,

Bulutcha xo'p o'kindi.

Ko'z yoshlari zaminga

Yomg'ir bo'lib to'kildi.

 

Nihoyat Quyosh bobo

Eshitibdi shovqinni.

Bulutchani ovutdi,

Xarxasha zumda tindi...

 

Abdulaziz Ahmedov

 

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img