Ota-ona va bolaning roziligisiz farzandlikka olish mumkinmi?

24.05.2023 17:44
eye icon1235
Ota-ona va bolaning roziligisiz farzandlikka olish mumkinmi?

Bolaning roziligisiz farzandlikka olish

Agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo'lsa va ularni o'z ota-onasi deb e'tirof etsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.

Farzandlikka oluvchining eri (xotini)ning bolani farzandlikka olishga roziligi

Agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan bo'lsa, bunga xotin (er)ning roziligi talab etiladi.

Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo'lsalar va er (xotin)ning turar joyi noma'lum bo'lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi.

Vasiylik yoki homiylikdagi bolani farzandlikka olish

Vasiylik yoki homiylikdagi bolani farzandlikka olish, agar uning ota-onasidan rozilik talab qilinmaydigan bo'lsa, vasiy yoki homiyning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi

Bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi.

Ota-ona bolaning muayyan bir shaxs (shaxslar) tomonidan farzandlikka olinishiga rozilik berishlari yoki farzandlikka berishga rozilik bildirib, farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin.

Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan yoki ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayotgan joydagi yoxud ota-ona doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon etilgan bo'lishi kerak, shuningdek farzandlikka olish to'g'risida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon etilishi mumkin.

Sud tomonidan farzandlikka olish to'g'risidagi hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olishga haqli.

Ota-onaning roziligisiz farzandlikka olish

Farzandlikka olish quyidagi hollarda:

ota-onaning kimligi noma'lum bo'lsa;

ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo'lsa;

ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo'qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan bo'lsa;

ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo'lsa, ota-onaning roziligisiz amalga oshiriladi.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

 

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img