Nega bolalar bog‘chaga ikki yoshdan qabul qilinmaydi?

05.03.2022 13:32
eye icon2058
Nega bolalar bog'chaga ikki yoshdan qabul qilinmaydi?

Xorijlik ekspertlar tahlillariga ko'ra, bola 3 yoshgacha onasi bilan bo'lishi uning ruhiy rivojlanishiga yaxshi ta'sir qiladi. Bu haqda 4-mart kuni Toshkentda o'tkazilgan matbuot anjumanida Maktabgacha ta'lim vazirligi bo'lim boshlig'i Bahrom Xidirboyev ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda asosiy vazifalardan biri bog'chalarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni qamrab olishdan iborat.

“Bu vazifani to'liq amalga oshirgach, ya'ni 80 foizga yetkazgandan keyin (hozir 71 foiz) 2 yoshlilar masalasi ham ko'rib chiqiladi. Xorijlik ekspertlar tahlillariga ko'ra, bola 3 yoshgacha onasi bilan bo'lishi uning ruhiy rivojlanishiga juda yaxshi ta'sir qiladi. Rivojlangan davlatlarda ham bolalar 3 yoshdan bog'chaga qabul qilinadi”, — dedi Bahrom Xidirboyev.

Shuningdek, Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosari Uzoqboy Begimqulovning qo'shimcha qilishicha, avvalgi bolalarga vaqtinchalik saqlab turish nuqtayi nazaridan qaralgan bo'lsa, endilikda bog'chalarda to'laqonli ta'lim jarayonlarini tashkil qilinmoqda.

U o'yin texnologiyalari orqali bilim berish, belgilangan kompetensiyani egallashi bo'yicha o'quv jarayonlari o'tkazilayotganini bildirdi. Uzoqboy Begimqulovning qayd etishicha, o'quv jarayonlariga tayyor bo'lish aynan 3 yoshdan boshlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Anjumanda ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab yosh oilalar, ishlaydiganlarning aksariyati tomonidan bildirilgan bolalarini 2 yoshdanoq bog'chaga berish masalasi kelajakda ko'rib chiqilishi ma'lum qilindi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img