— 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo'lgan bolani yolg'iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko'ra quyidagi asoslar bo'yicha bekor qilishga yo'l qo'yiladi:
— tashkilot (uning alohida bo'linmasi) o'z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta'sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi;
— xodimning o'z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi;
— xodimning o'z mehnat majburiyatlarini bir marta qo'pol ravishda buzganligi.