Chaqaloqlar qancha uxlaydi?

03.03.2022 18:02
eye icon3332
Chaqaloqlar qancha uxlaydi?

Odatda onalar yangi tug'ilgan chaqaloqlarining ko'p uxlashidan yoki aksincha, kam uxlab tinimsiz xarxasha qilishidan bezovta bo'lishadi. Ba'zan xavotirga ham tushishadi. Xo'sh, o'zi yangi tug'ilgan chaqaloqlar qancha uxlaydi?

Bir uxlashda kamida 35-40 daqiqa, ko'pi bilan 3-4 soat uxlashi mumkin. O'rta hisobda ular kunu tun mobaynida o'rtacha 14-17 soat uxlayshi normal holat sanaladi.

AQSh mutaxassislari samarali va sog'lom bo'lish uchun qancha uxlash kerakligi xususida izlanish olib borishdi. Tadqiqot doirasida dunyoning etakchi olimlari ya'ni uyqu mutaxassislari, sog'liqni saqlash sohasidagi nufuzli tashkilotlarning vakillari: nevrologlar, psixiatrlar, gerontologlar, pediatrlar orasidan tanlab olingan ekspertlar guruhi ish olib borishdi.

Tadqiqotchilar ikki yil davomida uyqu, uning tana va farovonlikka ta'siri bilan bog'liq ilmiy nashrlar va hisobotlarni diqqat bilan o'rganib chiqishdi. Natijada, yoshga qarab dam olish davomiyligi bo'yicha yangilangan tavsiyalar paydo bo'ldi:

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar (0-3 oy) — 14-17 soat.

Chaqaloqlar (4-11 oy) — 12-15 soat.

Bolalar (1-2 yosh) — 11-14 soat.

Maktabgacha yoshdagi bolalar (3-5 yosh) — 10-13 soat.

Kichik maktab o'quvchilari (6-13 yosh) — 9-11 soat.

O'smirlar (14-17 yosh) — 8-10 soat.

Yoshlar (18-25 yosh) — 7-9 soat.

Ba'zan chaqaloqda tun va kun almashib qoladi. Bundan xavotir olish shart emas. Shu sabab chaqaloq kunduzi uxlaganida uning onasi ham uxlab olishi kerak. Aks holda tunda bolaga e'tiborli bo'lishga kuchi etmaydi. Charchagan onaning bolasi injiq bo'ladi.

Chaqaloq juda ko'p uxlashidan uning yaqinlari zarar emasmi deb tashvishga tushishadi. Agar chaqaloq:

  • jismonan va ruxan yaxshi rivojlanayotgan bo'lsa,

  • Unda biron noodatiy holatlar namoyon bo'lmayotgan bo'lsa,

  • Chaqaloq vaqtida va kerakligicha emayotgan bo'lsa,

  • Uning tagliklari muntazam ravishda xo'l bo'lib, ichi muntazam ravishda kelayotgan bo'lsa ko'p uxlayotganidan tashvishlanmasangiz bo'ladi.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img