Quyidagi shaxslar farzand asrab olishi mumkin emas:
► ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
► muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
► farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;
► qasddan sodir qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar.
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o'n besh yoshdan kam bo'lmasligi shart, o'gay ota va o'gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasnodir.