16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlar 5 yilgacha qamalishi mumkin

14.04.2023 04:50
eye icon1531
16 yoshga to'lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlar 5 yilgacha qamalishi mumkin

Prezident imzolagan qonunda jinsiy zo'ravonliklarga nisbatan javobgarlik kuchaytirildi. Ayniqsa voyaga etmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun jazolar keskin oshirildi.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev ushbu qonunni quyidagicha izohlaydi: amaldagi qonunga ko'ra, 16 yoshga to'lmagan shaxs bilan uning roziligi bilan jinsiy aloqaga kirishgan ayblanuvchi jabrlanuvchining yoshini bilmaganligini bahona qilib, javobgarlikdan ozod bo'lib qolish imkoniyatiga ega edi. Yangi qonunda bunday shaxslarning javobgarligining muqarrarligi ta'minlanib, ayblanuvchi jabrlanuvchining yoshini bilgan yoki bilmaganligidan qat'iy nazar oddiy holda 5 yilgacha, og'irlashtiruvchi holatlarda 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortiladi.

E'tibor bering, bu erda 16 yoshga to'lmagan shaxsning xohishiga qarshi uning nomusiga tegish haqida gap ketmayapti. Bunday qilmishning jazosi yanada og'irroq (10 yildan 15 yilgacha).

Yuqorida o'zi xohlab jinsiy aloqaga kirishish haqida gap ketyapti. Ya'ni 16 yoshga to'lmagan shaxs o'zi xohlab jinsiy aloqada bo'lsa ham, u bilan jinsiy aloqaga kirishgan shaxs jinoyatchi hisoblanadi va bunda holatiga qarab 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

XULOSA: 16 yoshga to'lmagan qiz yoki yigit bilan jinsiy aloqa qilgan shaxslar har qanaqasiga ham jinoiy javobgarlikka tortiladi. Agar 16 yoshga to'lmagan shaxsning o'zi xohlagan bo'lsa, unda 5 yilgacha, agar xohlamagan bo'lsayu, uning nomusiga tegilgan bo'lsa, unda 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img