Bola qachon yurishi nimalarga bog‘liq?

02.04.2023 10:43
eye icon1224
Bola qachon yurishi nimalarga bog'liq?

Bu xuddi lotereyaga o'xshaydi. Hatto bolani tug'ilgan onidan boshlab kuzatgan va oilaviy anamnezini bilganida ham, hech qaysi pediatr aniq davrni oldindan aytib berolmaydi. Ammo taxmin qilishimizga imkon beradigan ba'zi qonuniyatlar mavjud.Irtsiyat

Agar ota yoki ona o'z davrida erta qadam tashlab boshlagan bo'lsa, bola ham ushbu o'ziga xos xususiyatni davom ettirishi ehtimoli bor. Va shuning aksi. Agar, masalan, ota bir yarim yoshgacha emaklab harakatlangan bo'lsa, uning o'g'li aynan shu taktikani takrorlashi mumkin.Vazn va tana tuzilishi nisbatan do'mboq va og'ir bolalar uchun oyoqda turish va muvozanatni ushlash, ozg'in va muskullari chiniqqan tengdoshlariga qaraganda qiyinchilik tug'diradi.Ba'zi shaxsiy xususiyatlar

Oyoqda tik turish va ilk qadamni tayanmasdan bosish etarlicha tahlikali tadbir. Ba'zi bolalar «hovuzga bosh bilan» tamoyiliga binoan harakatlanadilar: ular divan yoki devorga tayanib turgan qo'llarini shunchaki bo'sh qo'yishadi va noma'lum tomonga qadam bosishadi. Albatta, yiqilishadi, bu ba'zida og'riq beradi, ammo yana harakat qilishadi. Ehtimol, xavfli xatti-harakatlarga moyillik ulardagi xarakterning bir qismi bo'lib, keyinchalik ham saqlanib qoladi. Boshqa bolalar, aksincha, ehtiyotkorlik bilan harakat qilishadi — ular yurishadi, faqat avvaldan bu qiyinchilikni engib o'tishga ishonch hosil qilib olishadi. Homiladorlik davomiyligi

Muddatidan avvval tug'ilgan chaqaloqlar qoidaga ko'ra bir necha tengdoshlaridan so'ng yurishni boshlashadi.

Bola birinchi qadamini tashlashiga va ishonch bilan yurishni boshlashiga qanday ko'mak berish mumkin?

Bolani aniq bir muddatda yurishga majburlashning iloji yo'q. Yurish oson ko'ringani bilan juda mushkul va quvvat sarflovchi jarayon: bir oyoqda butun muvozanatni ushlab turgan vaqtda ikkinchisi qadam tashlashi kerak. Bola organizmi bu bosqich uchun etilgan bo'lishi kerak. Ammo siz ham yordamlashishingiz mumkin. To'g'ri, birinchi qadamdan ancha oldin boshlashingiz kerak.2 oylikda nima qilish kerak?

Taxminan shu davrda chaqaloqlar birinchi marta ag'darilishni sinab ko'radilar. Siz ushbu harakatni rag'batlantiring. Bolangizni tez-tez yorqin o'yinchoqlar bilan o'ralgan xavfsiz yumshoq o'ringa yotqizing — ularga qarash va ushlab ko'rishga ishtiyoq paydo bo'lsin.Bolangiz ko'proq vaqtini yuztuban holatda o'tkazishiga e'tibor qarating. Boshni ko'tarish va atrofga qarashga urinishlar qadam tashlash vaqtida muvozanatga ko'maklashuvchi muhim bo'lgan umurtqa va bo'yin mushaklarini mustahkamlaydi.4-6 oylikda nima qilish kerak?

Bola o'tirishni va ehtimol, emaklashni o'rganadigan davr. Bolangiz dunyoni kashf etishi uchun joy hozirlang: bola ko'p vaqtini beshikda yoki manejda emas, polda o'tkazishiga imkon bering — bir necha yopinchiqlarni yoyib, o'yinchoqlarni yotqizing. Narsalarni olishga harakat qilish kichik muskullar uchun ajoyib mashqdir.6-8 oylikda nima qilish kerak?

Bola allaqachon ishonch bilan o'tirmoqda yoki emaklamoqda. Unga dinamikaga oid topshiriqlar bering: masalan, yorqin rangli sharni ushlab olish uchun er yuzasida dumalating. Bu kabi to'p ovi vestibulyar apparat va koordinatsiyani mashq qildiradi.Xuddi shu maqsadga yo'naltirilgan yana bir mashq ko'rinishi: bolani o'zingizga teskari o'tirgizib, muloyimlik bilan tebrating.8 oylikda nima qilish kerak?

Bola kuchga va qiziquvchanlikka to'lib borishi bilan oddiy er yuzadan ajralishga moyilligi ortadi. Masalan, divanda yotgan o'yinchoqqa intiladi, ota yoki onasining etagiga yopishadi.

Ushbu harakatlarni rag'batlantiring. Sevimli ayiqchalarni atayin ko'rinadigan joylarga qo'ying. Bola o'tirganda xuddi uni chaqirganday bo'y balandligida qo'lingizni cho'zing, o'zingiz egilmasangiz u sizga intiladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img