Bolalardagi hiqichoq tutishi xavflimi?

01.04.2023 19:31
eye icon1332
Bolalardagi hiqichoq tutishi xavflimi?

Olimlar hiqichoq tutish yangi tug'ilgan chaqaloqlar miyasi rivojlanishidagi eng muhim elementlardan biriligini, biroq katta yoshlilar uchun keraksiz refleks ekanligini aniqlashdi.

Ta'kidlanishicha, hiqichoq tutish bolaga o'z nafas olishini boshqarishni o'rganishida yordam beradigan miya signallari to'lqinini vujudga keltiradi. Bunday xulosaga London universitet kolleji olimlari kelishdi.

«Hiqichoq bilan chaqirilgan faoliyat bolaga diafragmani (ko'krak bo'shlig'ini qorin bo'shlig'idan ajratib turuvchi pardadevor) tepaga-pastga harakatlantirib, nafas olish mushaklarini nazorat qilishni o'rganishida yordam berishi mumkin», deb ta'kidlab o'tgan tadqiqot rahbari Lorenso Fabritsi.

Tadqiqot o'z vaqtida va vaqtidan oldin tug'ilgan chaqaloqlar miyasini skanerlashga asoslangan. Sinaluvchi chaqaloqlarning miya faoliyati elektroensefalografiya yordamida kuzatilgan. Aniqlanishicha, bolani har gal hiqichoq tutganda uning miyasida diafragmaning qisqarishi bilan bog'langan neyron to'lqinlar vujudga kelgan.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda hiqichoq tutish 8 daqiqa, chala tug'ilgan bolalarda esa 15 daqiqagacha davom etishi mumkin, biroq bu ota-oalarni cho'chitmasligi kerak.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, insonda hiqichoq ona qornida bo'lganda (homiladorlikning 9-haftasida) paydo bo'la boshlaydi. Shu tariqa, hiqichoq tug'ilgandan keyin saqlanib qoluvchi eng erta fiziologik faollik turlaridan biri hisoblanadi.

Hiqichoq chaqaloqqa nafas olishni o'rganishida yordam bersa, uning katta yoshda uzoq davom etishi xavfli kasallik alomati bo'lishi mumkin. Shifokorlarning ma'lum qilishicha, agar katta yoshli odamni 48 soat va undan ko'proq vaqt davomida hiqichoq tutsa, bu unda miya shishi borligini anglatishi mumkin.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img