Bog‘chaga bolalarni ikki yoshdan boshlab qabul qilish taklif etildi

28.02.2022 19:06
eye icon2198
Bog'chaga bolalarni ikki yoshdan boshlab qabul qilish taklif etildi

Prezident Shavkat Mirziyoev joriy yilning 23 fevral' kuni Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumaniga tashrif buyurib, faollar bilan suhbatlashdi. O'zaro muloqot davomida davlat rahbari bog'chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilish bo'yicha niyati borligini ma'lum qilgan.

Mo'ynoqdagi uchrashuv chog'ida olis Hakim ota ovulidan tashrif buyurgan maktabgacha ta'lim sohasi vakili Baxtigul Kitaybekova maktabgacha ta'lim tashkilotlari masalasida prezidentga murojaat qilgan. Kitaybekova Mo'ynoqdan 70 kilometr naridagi ovulda yashashini aytib, ovulda ikki qavatli bog'cha qurilganini ma'lum qilgan.

“Bog'chamizdagi sharoit Toshkent shahrida ham yo'q bo'lsa kerak, deb o'ylab qolaman. Sizdan bir iltimos, hech bo'lmasa olis hududlar uchun bolalarni bog'chaga 3 yoshdan emas, 2 yoshdan olishga ruxsat bersangiz”, – degan Baxtigul Kitaybekova.

Shavkat Mirziyoev esa o'zi ham shuni reja qilayotganini ta'kidlagan.

“Qoraqalpog'istonda birinchi bosqichda maktablarda boshlang'ich sinf o'quvchilariga bepul ovqat berishni joriy etdik. Bu juda ma'qul ish bo'ldi, deyish mumkin. Bog'chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilish bo'yicha mening ham niyatim bor. Ammo hali ozroq vaqt bor. Iqtisodiyotimizni salgina mustahkamlab olaylik, keyin bu ishni amalga oshiramiz. Agar hozir faqat Qoraqalpog'iston uchun buni yo'lga qo'ysak, boshqa hududlarga nisbatan to'g'ri bo'lmaydi”, – degan prezident.

Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi qarori bilan bog'chalarga qabul yoshi 3 yosh etib belgilangan edi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img