Boqib olgan farzandlarim bir biriga nomahrammi?

09.03.2023 23:31
eye icon1320
Boqib olgan farzandlarim bir biriga nomahrammi?

Savol: Men 20 yildan beri befarzandman, ovsinimning bolasini bir yoshligida boqib olgandim. Oradan ancha yillar o'tganidan keyin boshqa ovsinim olamdan o'tdi. Uning kichik qizi 3 yosh edi. Uniyam boqib oldim. Hozir o'g'lim 19 yosh qizim 14 yosh. Qaynonam bular bitta uyda turishi mumkin emas,  amakivachchalar bir biriga nomahram deyaptilar. Farzandim yo'qligi uchun bularni mehr berib boqib olgandim, lekin endi shuncha yil katta qilib, bularni qanaqa qilib ota-onasiga qaytarib beraman?! Iltimos, maslahat bering. Shariatda bunaqa vaziyatda qanaqa yo'l tutish kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

 

Javob: Aslida ota-onasi bir o'g'il-qizlar ham balog'atga etganda ularning yotog'ini alohida qilish kerak. Agar siz aytgan bir yoshli o'g'ilni emizgan bo'lsangiz, sizga u o'g'il bo'ladi. Lekin qizni razoat muddatida emizmaganingiz aniq. Chunki uni uch yoshda olgansiz. Shu uchun u sizga emizikli qiz emas. Bundan kelib chiqadiki, bu ikki farzand bir-biriga nomahram. Yotoqlarini albatta ajrating hamda satrlanmagan holatda va uyda yolg'iz qolmasinlar! Bolalarni ota-onasiga qaytarish masalasi hammaning o'zaro sulh va kelishuviga bog'liq. Bolaga vasiylik bor. Buni ota onasi hal qiladi.

 

           Alloh yanada biluvchi.

 

           Ustoz Mubashshir Ahmad

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img