Bolalarolami.uz veb-sayti tomonidan tayyorlanayotgan
“Maktabgacha taʼlim tashkilotida bir kun” loyihasining navbatdagi soni
Shayxontohur tumanidagi 84-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻldi.
Ushbu maskan 1977-yilda
qurilgan boʻlib, hozir tashkilotda 300 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. Ularga
39 nafar pedagoglar sifatli taʼlim berib kelishmoqda.
84-DMTT pedagog
xodimlarining 9 nafari oliy maʼlumotga ega, yana 5 nafari esa tashkilotdagi faoliyati
bilan birga hozirda oliy taʼlim muassasalarida tahsil olmoqda. Oʻrta maxsus
maʼlumotli xodimlar ham uzoq yillik tajribaga ega. Tashkilot direktori Xakimova
Shaxlo Fayzullayevna bolajonlar uchun muassasada barcha shart-sharoitlar
yaratilganini ta’kidlab o‘tdi.
Tashkilotda har kuni bolajonlar yuqori kayfiyatda kutib olinadi, mazali nonushta, ertalabki badantarbiya, koreys tili, musiqa va boshqa mashg'ulotlar orqali ularning ham jismonan, ham ruhan sog'lom va barkamol avlod bo'lib yetishishi ta'minlanadi.