Yosh qizga shilqimlik qilgan shaxs qamaldi

20.11.2024 11:00
eye icon35
Yosh qizga shilqimlik qilgan shaxs qamaldi
2024-yil 19-noyabr kuni, Toshkent viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida voyaga yetmagan G.B.ga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan K.K.ga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, huquqbuzar K.K. 2024-yil 17-oktyabr kuni soat 14:20 atrofida avtomashinasida Zangiota tumani tomonga harakatlanib kelayotib yo‘l chetidan ketayotgan voyaga yetmagan G.B.ni ko‘rib, undan Zangiota tumani Bo‘s suv xududiga qandayborilishini so‘ragan. Shundan so‘ng, jabrlanuvchi G.B. unga yo‘l ko‘rsatishini aytib uning avtomashinasiga o‘tirgan.

Huquqbuzar yo‘lning ma’lum bir qismiga yetib borgach avtomashinasini yo‘l chetiga to‘xtatib jabrlanuvchi G.B.ni ust kiyimlarini yechib, uni o‘pmoqchi bo‘lgan vaqtida G.B. qo‘rqib ketib baqirib yuborgan va avtomashinadan tushib qochib ketgan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi K.K. MJtKning 41-1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilsin va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img