Nurafshon shahar Tug‘ruq kompleksida vazni 6 kilogramm 865 gramm bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi.
Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu uning ikkinchi farzandidir.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruza Rahmatullaevaning bergan ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida. Bunday holat Toshkent viloyatida birinchi bor kuzatilayotganini ta'kidlaydi.