Bolalar is gazidan zaharlandi

19.11.2024 18:31
eye icon45
Bolalar is gazidan zaharlandi
Namangan viloyatining Pop tumanida bir oilaning 3 nafar aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 18-noyabr kuni soat 7:30 larda Pop tumani, “Iskovut” MFYda yashagan 36 yoshli A.B., farzandlari 10 yoshli O.A. hamda 14 yoshli A.A. yashash xonadonida isitish uchun o‘rnatilgan qo‘lbola usulda tayorlangan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Shuningdek, xonadonda bo‘lgan A.B.ning turmush o‘rtog‘i G.M. is gazidan zaharlanib, og‘ir holatda tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.
 
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img