Maktab sport klublari tashkil qilinadi

16.11.2024 17:40
eye icon43
Maktab sport klublari tashkil qilinadi
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-392-son, 15.11.2024) qabul qilindi.

Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil:

— 1-martga qadar boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari yosh toifasi bo‘yicha harakatli o‘yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro‘yxati shakllantiriladi;

— 1-iyunga qadar maktab o‘quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o‘quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi;

— 1-mayga qadar maktab sport klublari a’zolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida o‘quvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etaladi;

— 1-iyulga qadar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. 

2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:

— 5–11-sinflar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqiladi;

— har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

— har yili an’anaviy tarzda maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img