Til bilish sertifikatni soxtalashtirganlarga qanday choralar ko‘riladi?
Birinchi navbatda, sertifikat uchun to‘langan ustama pulini qaytarish choralari ko‘riladi.
Ikkinchidan, sertifikatni soxtalashtirgan shaxslarga jinoiy javobgarlik choralari qo‘llanadi. Bu holatda tuman prokuraturasi yoki ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilish zarur. Shu orqali, Jinoyat kodeksining 228-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin.
Mazkur modda bo‘yicha, rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish yoki ularni sotish, shuningdek, qalbaki muhr, shtamplar yoki blankalarni ishlab chiqarish va sotish kabi harakatlar jinoyat deb hisoblanadi.
Bunday harakatlar:
— Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima;
— 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
— Uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.