8-sinf qiz o‘g‘irlangan va zo‘rlangan(mi?)

13.11.2024 11:41
eye icon121
8-sinf qiz o‘g‘irlangan va zo‘rlangan(mi?)
"Sukut saqlama" loyihasining Telegram-kanalida berilgan ma'lumotga ko‘ra, 23-oktyabr kuni Samarqand viloyati tumanlaridan birida 8-sinf o‘quvchisi o‘g‘irlab ketilgan. Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, oradan ma'lum vaqt o‘tgach, ular qizlari yo‘qolgani haqida ariza yozishgan. Badanida zo‘ravonlik izlari bo‘lgan qiz 6-noyabr kuni topilgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, uni bir necha kun kaltaklab, spirtli ichimliklar va noqonuniy moddalar qabul qilishga majburlab, irodasiga qarshi ushlab turishgan va zo‘rlashgan. Uning yaqinlari qizni shifokorga olib borishdi. 

Bolalar ombudsmanining xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z vakolati doirasida kuzatuv olib bormoqda.

Holat yuzasidan gumonlanuvchi shaxslarga nisbatan JKning 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan qizga nisbatan tegishli sud-tibbiyot va biologik ekspertizalari tayinlangan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img