Ma'lum qilinishicha, mazkur baxtsiz hodisa joriy yilning 11-noyabr kuni soat 13:10 atrofida Andijon viloyati Asaka tumanida sodir bo‘lgan. Bu haqda "Millar" dasturi xabar qildi.
Aniqlanishicha, 2015-yilda tug‘ilgan qizni Damas rusumli avtomashina urib yuborgan.
Oqibatda o‘quvchi qiz shifoxonaga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan, u shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Asaka tumani IIB Tergov bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.