Davlat Dumasining fraksiyalararo deputatlar guruhi Patriarxal komissiya bilan birgalikda bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda, dedi Davlat dumasi deputati Irina Filatova.
"Pyotr Tolstoy boshchiligidagi Davlat Dumasining fraksiyalararo deputatlar guruhi Patriarxal komissiya bilan birgalikda bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash to'g'risida qonun loyihasini ishlab chiqmoqda, bu haqda ma'lumot berishga hali erta”, — deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.
Filatovaning aniqlik kiritishicha, agar tashabbus ijobiy qabul qilinsa, ijtimoiy tarmoqlarni cheklash masalasi “hech bo‘lmaganda boshlang‘ich sinflar uchun” batafsilroq o‘rganiladi.