Maktabgacha ta‘lim tashkilotida bir kun

07.11.2024 14:11
eye icon295
Maktabgacha ta'lim tashkilotida bir kun
Shayxontohur tumanidagi 229-maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘zining ta’lim va tarbiya berishdagi yuksak tajribasi bilan tanilgan. 1991-yilda tashkil topgan bu muassasa bugungi kunda 720 nafar bolani qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratilgan.

229-MTTda 72 nafar xodim faoliyat olib boradi, ulardan 15 nafari oliy ma’lumotli qolgan 36 nafari pedagoglardir. Tashkilotimizda psixolog, defektolog, musiqa, jismoniy tarbiya, rus va ingliz tili o‘qituvchilari birgalikda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun doimiy ravishda ishlamoqda. Ushbu pedagoglar bolalarning bilim olish jarayoniga jiddiy yondashib, ularning rivojlanishini muntazam kuzatib borishadi. 













Muassasada bolalar uchun o‘yin orqali ta’lim berish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Malakali tarbiyachilar tomonidan qiziqarli o‘yin mashg‘ulotlari muntazam tashkil etiladi. Ushbu mashg‘ulotlar bolalarning nafaqat bilim olishiga, balki kelgusi hayotlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni egallashiga ham yordam beradi.

229-maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlar ishtirokida "Hosil bayrami" keng nishonlandi. Tadbir davomida bolalar o‘z san'atlarini namoyish etib, raqslar va sahna ko‘rinishlarini ijro etdilar. Har bir chiqish o‘ziga xos bo‘lib, bolalar hosil bayramining mazmunini bayramona ruhda taqdim etdilar. Raqslar, o‘zining rang-barangligi va jonli ifodasi bilan tomoshabinlarni maftun etdi, sahna ko‘rinishlari esa o‘qituvchilar va bolalar tomonidan tayyorlangan noyob tasvirlar bilan bezatildi. Bayram har tomonlama bolajonlarning iste’dodi va ijodkorligini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img